Abdug‘ani Sanginov O‘zbekneftgaz kompaniyasiga boshqaruv raisi etib tayinlandi. Bu haqda Gazeta.uz nashri tegishli manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Sanginov tayinlovga qadar O‘zbekgidroenergo kompaniyasiga 2017-yilning may oyidan buyon rahbarlik qilib kelayotgan edi.
O‘zbekneftgaz kompaniyasiga esa 2023-yilning mart oyidan buyon Baxodirjon Sidiqov rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Bahodirjon Sidiqov / Foto: O‘zbekneftgaz
Ma’lumot uchun, Sidiqov 2019-2022-yillar oralig‘ida ham mazkur kompaniyaga rahbarlik qilgan.
Abdug‘ani Sanginov
Abdug‘ani Abdurahmonovich Sanginov 1959-yil Surxondaryo vilyatining Saraosiyo tumanida tug‘ilgan. 1982-yilda Tojikiston qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1982-yilda To‘polangsuvqurilish trestida laboratoriya muhandisi sifatida boshlagan.
Faoliyatining birinchi 18 yilida master, prorab, uchastka boshlig‘i, mazkur trestning qurilish-montaj boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2000-yildan 2008-yilgacha To‘polangsuvGESqurilish boshqarmasiga rahbarlik qilgan. 2008-yil yanvarda O‘zsuvenergo birlashmasi bosh direktori lavozimiga tayinlangan.
2017-yil 18-may oyiga kelib esa O‘zbekgidroenergo kompanyasining boshqaruvi raisi sifatida faoliyatini davom ettirgan.
Sanginov shuningdek, 2020–2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi sifatida Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida faoliyat olib borgan.
U 2000-yil Do‘stlik ordeni bilan, 2005-yil Mehnet shuhrati ordeni bilan, 2018-yilda esa O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan quruvchi faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
