Mikroqarz va avtokreditni qaysi bankdan olgan ma’qul?

18.12.2025 07:49
O'zbekchaРусский
15-dekabr holatiga ko‘ra, banklardagi mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkasi 31,6 foizni, avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka esa 23,6 foizni tashkil etmoqda. Mikroqarzlarning o‘rtacha stavkasi so‘nggi besh oy ichida 3,3 foiz bandga pasaygan.
Mikroqarz va avtokreditni qaysi bankdan olgan ma’qul?

Foto: Daryo.uz

Markaziy bank 2025-yil 15-dekabr holatiga ko‘ra, banklar kesimida aholiga ajratilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning foiz stavkalarini e’lon qildi

Unga ko‘ra, mikroqarzlarning o‘rtacha stavkasi 31,6 foizni, avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka esa 23,6 foizni tashkil etmoqda. 

2025-yilning 2-iyulida amalda bo‘lgan stavka taqqoslaganda, mikroqarzlarning o‘rtacha stavkasi 3,3 foiz bandga, avtokreditlarning o‘rtacha stavkasi esa 0,5 foiz bandga pasaygan.

Mikroqarzlar

15-dekabr holatiga ko‘ra, banklardagi mikroqarzlarning o‘rtacha yillik foiz stavkasi 31,6 foizni tashkil etmoqda. 

Bunda eng yuqori stavka Tenge Bank (41,2%) hamda ANORBANK'da (41%) qayd etilgan. 

Eng past stavka esa AloqaBank (23,2%) va InFinBank'da (24%) kuzatilmoqda.

Avtokreditlar

15-dekabr holatiga ko‘ra, banklardagi avtokreditlarning o‘rtacha yillik foiz stavkasi 23,6 foizni tashkil etmoqda. 

Bunda eng yuqori stavka Asakabank (26,6%) va Trastbank'da (26,5%) qayd etilgan. 

Eng past stavka esa Ipoteka-bank (20%) va Garant Bank'da (20,8%) kuzatilgan.

#mikroqarz#avtokredit

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar