2025-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda yettita bankdan kredit karta rasmiylashtirsa bo‘ladi.
Bu kartalarning boshqa kartalardan ustunligi shundaki, ular orqali ma’lum muddat davomida foizsiz ravishda tovar va xizmatlar uchun to‘lov qilish mumkin.
Belgilangan imtiyozli muddat tugagach, agar shu davr ichida sarflangan mablag‘ qaytarilsa, foiz hisoblanmaydi. Aks holda, foiz hisoblanadi.
Foiz miqdori banklarga qarab farqlanadi: masalan, AVO Bank kredit kartasida 75 foizgacha bo‘lsa, TBC Bank kredit kartasida eng ko‘pi bilan 50 foizni tashkil etadi.
.jpg)
Kartadagi kredit mablag‘laridan bankomat orqali naqd pul yechish yoki boshqa kartaga pul o‘tkazish amalga oshirilganda foiz hisoblanadi.
Bu foizning miqdori banklarga ko‘ra turlicha bo‘lib, shartnoma shartlarida aks etgan.
Kredit kartalarini banklarning mobil ilovalari hamda bank bo‘limlari orqali rasmiylashtirishingiz mumkin.
Avvaliga mijozga kredit limiti tasdiqlanadi va shu limit doirasida xaridlarni amalga oshirish imkoniyati beriladi.
