Murod Nazarov va AVO Bankning mikromoliya tashkilotlariga litsenziya berildi

30.12.2025 12:13
Markaziy bank "ADL Moliya" MChJ, "Prizma Kapital" MChJ va "AVO Finance" MCHJga mikromoliya tashkiloti faoliyatini yuritish uchun litsenziya berdi. Ma’lumot uchun, "ADL Moliya" MChJning yagona ta’sischisi Murod Nazarov hisoblanadi.
Murod Nazarov va AVO Bankning mikromoliya tashkilotlariga litsenziya berildi

Foto: Ramiz Baxtiyarov / Sputnik

Markaziy bank "ADL Moliya" MChJ, "Prizma Kapital" MChJ va "AVO Finance" MChJga mikromoliya tashkiloti faoliyatini yuritish uchun litsenziya berdi

Bu bilan O‘zbekistondagi mikromoliyaviy tashkilotlar soni 151 taga yetdi. Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, "ADL Moliya" MChJning ustav kapitali 2,5 mlrd so‘mni tashkil etadi. 

Uning yagona ta’sischisi Murod Buildings, NRG va bir qator qurilish kompaniyalari bilan tanilgan Murod Nazarov hisoblanadi.

Nazarov shu yilning sentyabr oyida Iman investitsiya kompaniyasiga 2 mln dollar sarmoya kiritib, Kuzatuv kengashi tarkibiga kirgan edi. 

Litsenziya olgan navbatdagi "AVO Finance" MChJ "AVO.UZ" xorijiy kompaniyasining sho‘ba korxonasi hisoblanadi. Mazkur xorijiy kompaniya tarkibiga AVO Bank ham kiradi. 

AVO.UZ xoldingining ulushi Ruslan Adilbayev hamda Fonte Hedge Fund OEIC o‘rtasida teng taqsimlangan. 

Shuningdek, litsenziya olgan "Prizma Kapital" MChJning ustav kapitali 52 mlrd so'mni tashkil etib, Maxmud Axmedov va Nozimjon Jabborov o‘rtasida teng taqsimlangan.

Avvalroq, mikromoliya tashkilotlardagi mikroqarz va mikrokreditlarning foiz stavkalari haqida ma’lumot bergandik.

#mikromoliya_tashkilotlari#avo_bank#murod_nazarov

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar