2025-yilda O‘zbekistonda yillik inflatsiya darajasi 7,3 foizni tashkil etdi

04.01.2026 12:14
2025-yilda O‘zbekistonda yillik inflatsiya darajasi 7,3 foizni tashkil etdi. Bu 2024-yilga nisbatan 2,5 foizga kamdir. Yil davomida eng yuqori inflatsiya darajasi mart (10,3%) oyida qayd etildi. Eng past daraja esa dekabr (7,3%) oyida kuzatildi.
2025-yilda O‘zbekistonda yillik inflatsiya darajasi 7,3 foizni tashkil etdi

Foto: Kun.uz

2025-yilning dekabr oyida O‘zbekistonda inflatsiya ko‘rsatkichi 7,3 foizni tashkil etdi

Bu noyabr oyiga nisbatan 0,9 foiz bandga, 2024-yilning dekabr oyiga nisbatan esa 2,5 foiz bandga kamdir. 

Shunday qilib, 2025-yilda mamlakatdagi inflatsiya darajasi 7,3 foizni tashkil etdi. Bu statistika e’lon qilinayotgandan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir. 

Yil davomida eng yuqori inflatsiya darajasi mart (10,3%) hamda aprel (10,1%) oylarida qayd etildi. Eng past daraja esa dekabr (7,3%) va noyabr (7,5%) oylarida kuzatildi. 

Statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, yil davomida eng past inflatsiya darajasi Jizzax viloyatida qayd etilgan:

  • Jizzax — 6,7%
  • Qashqadaryo — 7,0%
  • Navoiy — 7,1%
  • Toshkent shahri — 7,1%
  • Samarqand — 7,2%
  • Toshkent viloyati — 7,2%
  • Andijon — 7,3%
  • Namangan — 7,3%
  • Buxoro — 7,4%
  • Sirdaryo — 7,4%
  • Xorazm — 7,5%
  • Surxondaryo — 7,6%
  • Qoraqalpog‘iston R. — 7,7%
  • Farg‘ona — 7,7%

Ma’lumot uchun, Markaziy bank inflatsiyani maqsadli (5%) doirada shakllantirish uchun bir necha marta asosiy stavkani ko‘rib chiqdi. 

Xususan, mart oyida asosiy stavka 0,5 foiz bandga oshirilib, 14 foiz darajasida belgilandi. Keyingi davrda esa bu ko‘rsatkich o‘zgarishsiz qoldirildi.

#inflatsiya

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar