2025-yilda O‘zbekistonning IT eksporti qariyb 1 mlrd dollarga yetdi

07.01.2026 12:43
2025-yilda O‘zbekistonning IT-xizmatlari eksporti 940 mln dollarni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 344 mln dollar, 2024-yilda esa 373 mln dollarga teng bo‘lgandi. 2030-yilga kelib buni 5 mlrd dollarga yetkazish maqsad qilingan.
2025-yilda O‘zbekistonning IT eksporti qariyb 1 mlrd dollarga yetdi

Foto: Spot

2025-yilda O‘zbekistonning IT-xizmatlari eksporti 940 mln dollarni tashkil etdi. Bu 2024-yilga nisbatan 2,5 barobarga ko‘proqdir.

Infografika: tanga.uz

2025-yilning may oyida amaldagi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov shu yilda IT-xizmatlari eksporti 1 mlrd dollardan oshishini ta’kidlagan edi. 

2030-yilga kelib bu ko‘rsatkichni 5 mlrd dollarga yetkazish maqsad qilingan.

Yetti oylik ko‘rsatkich

2025-yilning yetti oyi yakunlariga ko‘ra, 481 ta eksportga yo‘naltirilgan kompaniya IT Park rezidenti maqomini oldi. Ularning 232 tasi xorijiy kompaniyalar hisoblanadi.

Yangi eksportchilardan 298 ta kompaniya IT-xizmatlarni ko‘rsatsa, 162 tasi biznes jarayonlari autsorsingi va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritadi. Yana 21 ta kompaniya o‘yinlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. 

IT eksportning 45 foizi Shimoliy Amerika mintaqasiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga 26 foiz, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaga 24 foiz to‘g‘ri keladi. 

Bugungi kunda IT Park rezidentlari dunyoning 90 dan ortiq mamlakatlariga o‘z xizmatlarini eksport qilmoqda. 

2025-yilning dastlabki yetti oyida bu ro‘yxatga Bahrayn, Daniya, Lixtenshteyn va boshqalarni o‘z ichiga olgan 11 ta davlat qo‘shildi.

#it_eksporti#sherzod_shermatov

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar