O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor 65 mlrd dollardan oshdi

08.01.2026 11:00
2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 66,3 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Dekabr oyi davomida zaxiralar miqdori 5,1 mlrd dollarga ko‘paydi. Mazkur o‘sish oltin hisobiga yuz berdi.
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor 65 mlrd dollardan oshdi

Foto: Shutterstock

2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 66,3 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi

Dekabr oyi davomida zaxiralar miqdori 5,1 mlrd dollarga ko‘paydi. Mazkur o‘sish oltin hisobiga yuz berdi. 

Bunda mamlakat oltin zaxiralari miqdori dekabr oyida 4,2 mlrd dollarga oshdi. Ushbu o‘sishning 2,9 mlrd dollari oy davomida oltin narxining 4159 dollardan 4389 dollargacha ko‘tarilishi tufayli sodir bo‘ldi. 

Zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik hajmi esa 9,3 tonnaga oshib, 392 tonnani tashkil etdi. 

Shuningdek, oy davomida zaxira tarkibidagi naqd valyuta va depozitlar miqdori 824 million dollarga ko‘paydi. 

2025-yilda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yil davomida oltin narxining o‘sishi hisobiga avgust oyidan beri rekord darajani qayd etib kelmoqda.

#oltin-valyuta#rekord

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar