2025-yilning iyun oyidan boshlab firibgarlikdan himoyalanish maqsadida jismoniy shaxslar uchun o‘z nomiga kredit olishni taqiqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mazkur xizmatdan 438 ming 322 nafar fuqaro foydalandi. Bu haqda Kredit-axborot tahliliy markazi (KATM) ma’lumot berdi.

Manba: KATM
Xizmatdan foydalanganlarning 292 ming 722 nafarini erkaklar, 145 ming 600 nafarini esa ayollar tashkil qilmoqda.
Kreditga taqiq qo‘yganlarning asosiy qismi 26 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan shaxslarni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, kreditni taqiqni KATM mobil ilovasi, my.gov.uz sayti orqali onlayn ravishda, shuningdek, Davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish mumkin. Xizmatdan foydalanish bepul.
