O‘zbekiston banklarining boshqaruv raislari qaysi oliygohni bitirgan?

13.01.2026 12:13
O'zbekchaРусский
Banklar moliyaviy muassasalardan biri bo‘lgani sababli, ularning boshqaruv raisi lavozimiga munosib nomzod tanlanadi. Shu bois, tanga.uz O‘zbekiston tijorat banklarining amaldagi boshqaruv raislari qaysi oliy ta’lim muassasasida tahsil olganligini o‘rgandi.
O‘zbekiston banklarining boshqaruv raislari qaysi oliygohni bitirgan?

Foto: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Bugungi kunda O‘zbekistonda 35 ta bank faoliyat yuritmoqda. Ularning to‘qqiztasi davlat banklari hisoblanadi. 

Banklar moliyaviy muassasalardan biri bo‘lgani sababli, ularning boshqaruv raisi lavozimiga munosib nomzod tanlanadi. 

Shu bois, tanga.uz tijorat banklarining amaldagi boshqaruv raislari qaysi oliy ta’lim muassasasida tahsil olganligini o‘rgandi. 

O‘rganish davomida AVO Bank, Madad Invest Bank, OpenBank, Yangi Bank hamda Davr Bank amaldagi boshqaruv raislarining bitirgan oliy ta’lim muassasalari haqidagi ma’lumotni topish imkoni bo‘lmadi. 

Shunday qilib, 30 ta bank rahbarining 9 nafari Toshkent moliya institutini tamomlagan. Sakkiz nafari esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ta’lim olgan. 

Bank tizimidagi aksariyat rahbarlar xorijiy mamlakatlarda tahsil olishgan. Xususan, TBC Bank rahbari Spartak Tetrashvili Yevropa menejment maktabini tamomlagan.

#bank_boshqaruv_raislari

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar