2025-yilda UzAuto Motors’ning bozordagi ulushi kamaydi — avtomobil bozori sharhi

14.01.2026 10:53
2025-yilda O‘zbekistonning mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalari 427 ming 97 ta avtomobil sotdi. Bu 2024-yilga nisbatan 24 ming 706 taga ko‘pdir. UzAuto Motors kompaniyasining bozordagi ulushi 87,9 foizdan 84,2 foizgacha qisqardi.
2025-yilda UzAuto Motors’ning bozordagi ulushi kamaydi — avtomobil bozori sharhi

Foto: UzAuto Motors

2025-yilda O‘zbekistonning mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalari 427 ming 97 ta avtomobil sotdi. Bu 2024-yilga nisbatan 24 ming 706 taga yoki 6,1 foizga ko‘pdir. 

Yil davomida mamlakatning avtomobil ishlab chiqarish sanoatida bir qator o‘zgarishlar ro‘y berdi. Jumladan, UzAuto Motors kompaniyasi ishlab chiqarishning bir qismini Xorazmdagi filialiga ko‘chirdi. 

Manba: UzAuto

2025-yilda Chevrolet modellari 2024-yilga nisbatan 0,5 foiz ko‘proq sotildi. UzAuto Motors kompaniyasining avtomobil sotuvlari o‘sgan bo‘lsa-da, uning bozordagi ulushi 87,9 foizdan 84,2 foizgacha qisqardi. 

KIA (32%), BYD (40%), Chery (50%), Haval (172%) hamda Isuzu (38%) brendlarining sotuvlari esa ko'paydi. 

Mazkur kompaniyalar asosan yuqori toifadagi avtomobillar ishlab chiqaradi. Bu esa bozorda qimmat avtomobillarga bo‘lgan talab ortayotganini ko‘rsatmoqda.

Modellar bo‘yicha

Modellar xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, 2025-yilda ham Cobalt eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘lib qoldi. 

Shuningdek, Damas hamda Tracker modellari ham o‘z mavqeini saqlab qoldi. 

Manba: UzAuto

UzAuto Motors’ning yuqori toifadagi Malibu, Equinox, Tahoe va Captiva kabi modellarining sotuvi esa sezilarli darajada pasaydi. 

Boshqa modellarda esa o‘sish kuzatildi. Xususan, KIA Sonet modeli sotuvi bir yil ichida 2,5 barobarga ko‘paydi.

#UzAuto_Motors#avtomobil_sotuvi_sharhi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar