Markaziy bank valyuta birjasiga asoslanib, 16-yanvar kuni uchun dollar kursini 11 969,66 so‘m etib belgiladi.

15.01.2026 Manba: Markaziy bank
E’tiborli jihati, rasmiy kurs so‘nggi to‘rt kun davomida pasayib, 162 so‘mga arzonladi. Ma’lumot uchun, dollar kursi 2026-yilni 12 004 so‘m bilan boshlagan edi.
2026-yilda dollar kursi qanday bo‘ladi?
Valyuta kursi kelgusida aniq bashorat qilish deyarli imkonsiz. Misol uchun, S&P Global reyting agentligi 2025-yilda dollar kursi 13 566 so‘mgacha ko‘tarilishini prognoz qilgandi.
Amalda esa rasmiy kurs yil oxiriga kelib 12 ming so‘m atrofida shakllandi.
Shunday bo‘lsa-da, ayrim muassasalar o‘z bashoratlarini e’lon qilishdi. Xususan, 2026-yilgi davlat byudjetida dollar kursining o‘rtacha 12 350 so‘m darajasida bo‘lishi kutilmoqda.
S&P agentligining yangilangan prognozlariga ko‘ra, 2026-yil yakuniga kelib dollar kursi 12 592 so‘mni tashkil etishi mumkin.
