YTTB Qashqadaryoda quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi uchun 200 mln dollar ajratadi

16.01.2026 09:03
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonga 195,5 mln dollar miqdorida kredit ajratmoqda. Mablag‘lar hisobiga Qashqadaryoda quvvati quyosh fotoelektr stansiyasi va akkumulyatorlarni saqlash omborini qurish ko‘zda tutilgan.
YTTB Qashqadaryoda quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi uchun 200 mln dollar ajratadi

Foto: Reuters

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonga 195,5 mln dollar miqdorida kredit ajratmoqda. Bu haqda bankning rasmiy sahifasida xabar berildi

Jalb etilgan mablag‘lar hisobiga Qashqadaryo viloyatida quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt soat quvvatga ega akkumulyatorlarni saqlash omborini qurish ko‘zda tutilgan. 

Kredit mablag‘lari Masdar qayta tiklanadigan va toza energiya kompaniyasiga to‘liq tegishli bo‘lgan, maxsus loyihalar bilan shug‘ullanuvchi Nur Qashqadaryo Solar kompaniyasiga beriladi. 

Moliyalashtirish loyihasi doirasida 2030-yilgacha 25 GVt quyosh va shamol quvvatlarini rivojlantirish mo‘ljallangan. 

Qurilish yakunlangach, quyosh stansiyasi yiliga 664 GVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi kutilmoqda. 

Bu orqali 60 mingta xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlash va yillik karbonat angidrid chiqindilarini 400 ming tonnagacha kamaytirish imkoniyati yaratilishi ta’kidlanmoqda. 

Ma’lumot uchun, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bugungi kungacha O‘zbekistonga 204 ta loyiha doirasida qariyb 6,8 mlrd dollar investitsiya kiritgan. 

Mablag‘larning asosiy qismi xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.

#yttb#qashqadaryo#quyosh_energiyasi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar