1-fevraldan poyezd chiptalari narxi 15 foizga oshadi

16.01.2026 12:03
2026-yil 1-fevraldan Afrosiyob elektropoyezdlari chipta narxlari 15 foizga oshadi. Avvalroq, O‘zbekiston temir yo‘llari raisining birinchi o‘rinbosari Afrosiyob va boshqa poyezdlar narxi aslida hozirgidan ikki baravar qimmat bo‘lishi kerakligini aytgan edi.
1-fevraldan poyezd chiptalari narxi 15 foizga oshadi

Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati

2026-yil 1-fevraldan boshlab Afrosiyob elektropoyezdlari chipta narxlari 15 foizga oshadi. Bu haqda O‘zbekiston temir yo‘llari matbuot xizmati xabar berdi

Afrosiyob elektropoyezdlari uchun yangilangan chipta narxlari quyidagicha belgilandi:

Toshkent — Buxoro

  • VIP — 1 138 000 so‘m
  • Biznes — 760 000 so‘m
  • Ekonom — 509 000 so‘m

Toshkent — Qarshi

  • VIP — 976 000 so‘m
  • Biznes — 642 000 so‘m
  • Ekonom — 429 000 so‘m

Toshkent — Samarqand

  • VIP — 709 000 so‘m
  • Biznes — 455 000 so‘m
  • Ekonom — 311 000 so‘m

Shuningdek, Sharq, Nasaf va O‘zbekiston yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlari ham 15 foizga ko‘tarildi. 

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan yuqori tezlikdagi va tezyurar yo‘nalishdagi poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyoti bekor qilindi. 

Buning o‘rniga bozor tamoyillari asosidagi tartibga solish mexanizmiga o‘tildi. 

Avvalroq, O‘zbekiston temir yo‘llari kompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari Hikmatulla Rahmatov Afrosiyob va boshqa poyezdlar narxi aslida hozirgidan ikki baravar qimmat bo‘lishi kerakligini aytgan edi.

#afrosiyob#chipta_narxlari

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar