2025-yilda kafe va restoranlar bozori qariyb 30 foizga o‘sdi

19.01.2026 08:09
O‘zbekistonda 20 ming 300 dan ortiq kafe va restoranlar faoliyat yuritmoqda. Ularning 2025-yilning yanvar-noyabr oylaridagi tovar aylanmasi 17,2 trln so‘mga yetdi. Taqqoslash uchun, 2024-yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 13,6 trln so‘m edi.
2025-yilda kafe va restoranlar bozori qariyb 30 foizga o‘sdi

Foto: Brest.biz

O‘zbekistonda 20 ming 300 dan ortiq kafe va restoranlar faoliyat yuritmoqda.

Ularning 2025-yilning yanvar-noyabr oylaridagi tovar aylanmasi 17,2 trln so‘mga yetdi. 

Manba: Soliq qo'mitasi

Taqqoslash uchun, 2024-yilning shu davrida 19 ming 500 dan ortiq kafe va restoranning tovar aylanmasi 13,6 trln so‘mni tashkil etgan. 

Hisobot davrida kafe va restoranlar 1,56 trln so‘m soliq to‘ladi. Ushbu soliqlarning 20 foizi sohadagi TOP-20 ta korxona hissasiga to‘g‘ri keldi.

Fast-fudlar

Umumiy ovqatlanish sohasida eng ko‘p soliqni fast-fud tarmoqlari to‘lagan. 

Infografika: tanga.uz

Ularning orasida KFC, Evos hamda Oqtepa Lavash eng yiriklari hisoblanadi. 2025-yilda fast-fud tarmoqlarida sezilarli o‘sish kuzatildi. 

Xususan, Bellissimo Pizza va Dodo Pizza sohadagi TOP-20 soliq to‘lovchilar safiga qo‘shildi. Oqtepa Lavash esa 35,4 mlrd so‘m soliq to‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, "Oqtepa-Food-Service" MChJ 2025-yil iyun oyida "Yummy Brands" MChJ, "ISE Spice Fast Food" MChJ, "Ol Foodchain" MChJ va "Bigmega" MChJni o‘z tarkibiga qo‘shdi

Shu sababli uning to‘lagan soliqlari miqdori bir yillik solishtiruvda sezilarli ko‘payganini ko'rish mumkin.

Avvalroq, O‘zbekistondagi umumiy ovqatlanish bozori haqida statistik ma’lumot bergandik.

#umumiy_ovqatlanish#fast_fudlar

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar