O‘zbekistonlik haydovchilar Germaniyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.
Ish yuklamasi haftasiga besh kun bo‘lib, kuniga 8 soatni tashkil etadi. Oylik maosh esa soliq to‘lovlaridan so‘ng taxminan 2,1 ming dollarni tashkil etishi aytilgan.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
Nomzodlar birinchi navbatda 21-50 yosh oralig‘idagi erkak bo‘lishi kerak.
Shuningdek, haydovchilik guvohnomasining CE toifasiga ega bo‘lishi hamda kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Nemis tilini bilish majburiy emas. Nomzod tilni bilmagan taqdirda, ish beruvchi tanlovidan o‘tgan nomzodlarni til o‘rganishga yo‘naltiradi.
Asosiy vazifalar
Nomzodning asosiy vazifalariga birinchi navbatda Germaniya va Yevropa Ittifoqi yo‘l harakati qoidalariga rioya qilgan holda yuk mashinasini boshqarish kiradi.
Shuningdek, belgilangan marshrutlar bo‘yicha yuklarni xavfsiz va o‘z vaqtida yetkazib berish, yukning to‘g‘ri yuklanganini va mahkamlanganini tekshirish, transport vositasining texnik holatini nazorat qilish ham vazifalar qatoriga kiradi.
Ro‘yxatdan o‘tish
Mazkur ishga qiziqish bildirganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin. Arizalarni qabul qilish 2026-yil 23-yanvar soat 19:00 gacha davom etadi.
Nemis tilini o‘rganish va boshqa qo‘shimcha savollar bo‘yicha ish kunlarida 71 202-33-55 raqamiga murojaat qilish mumkin.
Agar nomzod ishga joylashsa, Migratsiya agentligi tomonidan ishchi viza va aviachipta xarajatlari qoplab beriladi.
Ovqatlanish va turar joy xarajatlari esa nomzodning o‘z zimmasida bo‘ladi.
