2025-yilda O‘zbekiston banklari qancha sof foyda oldi?

19.01.2026 13:07
2025-yilda O‘zbekiston tijorat banklari 15,5 trln so‘m (1 mlrd 286 mln dollar) sof foyda oldi. Bu 2024-yildagi ko‘rsatkichdan 8,5 trln so‘mga yoki 2,2 barobar ko‘pdir. 2025-yilda 35 ta bankdan beshtasi 1 trln so‘mdan ortiq sof foyda oldi.
2025-yilda O‘zbekiston banklari qancha sof foyda oldi?

Foto: Gazeta.uz

2025-yilda O‘zbekiston tijorat banklari 15,5 trln so‘m (1 mlrd 286 mln dollar) sof foyda oldi.

Bu 2024-yildagi ko‘rsatkichdan 8,5 trln so‘mga yoki 2,2 barobar ko‘pdir. Bu haqda Bankres.uz nashri ma’lumot berdi.

2025-yilda 35 ta bankdan beshtasi 1 trln so‘mdan ortiq sof foyda oldi. Bular O‘zmilliybank, SQB, Kapitalbank, Hamkorbank va Orient Finans bank hisoblanadi. 

Shuningdek, yettita bankning sof foydasi 500 mlrd so‘mdan, sakkizta bankiki esa 100 mlrd so‘mdan oshdi. 

2026-yil yanvar oyida litsenziyasi bekor qilingan Yangi Bank hisobga olinmaganda, barcha bank yilni sof foyda bilan yakunladi. 

Davlat banklari

Davlat ulushi mavjud banklar 2025-yilni 5 trln 793,7 mlrd so‘mlik foyda bilan yakunladi. Bir yil oldingidan farqli o‘laroq, 2025-yilda birorta davlat banki zarar ko‘rmadi. 

2024-yilni zarar bilan yakunlagan MKBANK (-1,7 trln so‘m) va Biznesni Rivojlantirish banki (-2,2 trln so‘m) 2025-yilda mos ravishda 160,8 mlrd so‘m va 503,0 mlrd so‘m sof foyda oldi. 

O‘zbekistonning eng yirik banki bo‘lgan O‘zmilliybank qariyb 2 trln so‘m sof foyda olishga erishdi.

Boshqa banklar

2025-yilda eng ko‘p sof foyda olgan o‘nta bankning yettitasi davlat nazoratida bo‘lmagan banklar hisoblanadi. 

Ushbu banklar jami 9,7 trln so‘m sof foyda oldi. Ular orasida Kapitalbank 1,8 trln so'm sof foyda bilan yetakchilik qildi. 

2024-yilni zarar bilan yakunlagan Hayot Bank, Garant Bank, Apex Bank, AVO Bank va Ipoteka-bank 2025-yilni foyda bilan yakunlashga muvaffaq bo‘ldi.

2024-yilda TBC Bank 341 mlrd so‘m sof foyda olgan edi. 2025-yilda esa bankning sof foydasi keskin kamayib, 600 mln so‘mni tashkil etdi. Octobank va ANORBANK sof foydasida sezilarli o‘sish kuzatildi.

#sof_foyda_banklar

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar