Biznes Finans mikromoliya tashkiloti 30-yanvar kuni umumiy miqdori 10 mlrd so'm bo'lgan obliyatsiya chiqaradi.
Bu haqda Toshkent fond birjasining HBCapital investitsiya vositachisi xabar berdi.
Tashkilotning beshinchi obligatsiya emissiyasi 13-yanvar kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Ushbu obligatsiyalarning yillik stavkasi 27 foizni tashkil etadi. Nominal qiymati esa 100 ming so‘mga teng va ular 2 yil muddatga chiqariladi.
Foizlar bo‘yicha kupon to‘lovlari har oyda to‘lanishi belgilangan.
Obligatsiyalar bo‘yicha batafsil ma’lumotni vositachining 74-234-35-39 ishonch telefoni orqali olish mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, hozirgi kunda bank omonatlarining eng yuqori yillik foizi 22 foizni tashkil etmoqda.
