Sanjar Shamsutdinov "Madad Invest bank" ATB (mybank) boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda bankning rasmiy saytida ma’lumot berildi.
Sanjar Baxtiyorovich Shamsutdinov 1990-yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2011-yilda Bank ishi mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr darajasini, 2016-yilda esa Xalqaro moliyaviy-kredit munosabatlari yo‘nalishida magistrlik diplomini qo‘lga kiritgan.
O‘n yildan ziyod mehnat faoliyati davomida bir qancha banklarining turli lavozimlarida faoliyat yuritgan. Xususan, 2010–2020-yillarda Ipak Yo‘li bankining hududiy bo‘linmalarida ishlagan.
2020–2021-yillarda SQB markaziy idorasiga mas’ul bo‘lgan. 2021–2023-yillarda hamda 2024-yil boshida Tenge Bank bosh ofisida boshqarma rahbari sifatida faoliyat olib borgan.
2023–2024-yillarda Xalq Banki bosh ofisida boshqaruv bo‘limiga rahbarlik qilgan.
Tayinlovdan avval esa mybank'da Bank kartalari departamenti direktori lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning avgust oyida Fathutdin Mirzaev "Madad Invest Bank" ATB boshqaruv raisi etib tayinlangan edi.
