Sanjar Shamsutdinov mybank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

21.01.2026 09:24
O'zbekchaРусский
Sanjar Shamsutdinov "Madad Invest bank" ATB (mybank) boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shamsutdinov tayinlovga qadar bankda Bank kartalari departamenti direktori lavozimida ishlagan.
Sanjar Shamsutdinov mybank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Sanjar Shamsutdinov / Foto: mybank

Sanjar Shamsutdinov "Madad Invest bank" ATB (mybank) boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda bankning rasmiy saytida ma’lumot berildi

Sanjar Baxtiyorovich Shamsutdinov 1990-yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2011-yilda Bank ishi mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr darajasini, 2016-yilda esa Xalqaro moliyaviy-kredit munosabatlari yo‘nalishida magistrlik diplomini qo‘lga kiritgan. 

O‘n yildan ziyod mehnat faoliyati davomida bir qancha banklarining turli lavozimlarida faoliyat yuritgan. Xususan, 2010–2020-yillarda Ipak Yo‘li bankining hududiy bo‘linmalarida ishlagan. 

2020–2021-yillarda SQB markaziy idorasiga mas’ul bo‘lgan. 2021–2023-yillarda hamda 2024-yil boshida Tenge Bank bosh ofisida boshqarma rahbari sifatida faoliyat olib borgan. 

2023–2024-yillarda Xalq Banki bosh ofisida boshqaruv bo‘limiga rahbarlik qilgan. 

Tayinlovdan avval esa mybank'da Bank kartalari departamenti direktori lavozimida ishlagan. 

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning avgust oyida Fathutdin Mirzaev "Madad Invest Bank" ATB boshqaruv raisi etib tayinlangan edi.

#mybank#sanjar_shamsutdinov

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar