1-fevraldan ishlab chiqarilganiga 50 yildan oshgan avtomobillardan foydalanish taqiqlanadi

22.01.2026 08:20
2026-yil 1-fevraldan ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi. Shuningdek, bir qator toifadagi avtomobillar uchun alohida davlat raqamlari joriy etiladi.
1-fevraldan ishlab chiqarilganiga 50 yildan oshgan avtomobillardan foydalanish taqiqlanadi

Foto: Yevgeniy Sorochin / Gazeta

2026-yil 1-fevraldan ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi. Bu bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi

Bunday avtomobillar davlat ro‘yxatidan chiqariladi va qayta ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. 

Shuningdek, quyidagi avtomobillar uchun alohida davlat raqamlari joriy etiladi:

  • og‘irligi 44 tonnadan oshgan yuk mashinalari
  • konda ishlatiladigan maxsus texnikalar
  • yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilar
  • “antikvar” avtomobillar

Endi avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasida egasining manzilini ko‘rsatish shart bo‘lmaydi. 

Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida oldi-sotdi shartnomasi, auksion hujjatlari va avtomobil egasi haqidagi ma’lumotlar davlat organlari o‘rtasida elektron tarzda almashiladi. 

#avtomobillar#transport

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar