2025-yil O‘zbekistonda uy-joy narxlari qanday o‘zgardi?

22.01.2026 12:05
2025-yilda O‘zbekiston bo‘ylab ikkilamchi bozordagi uy-joy narxlari 8 foizga ko‘tarildi. Taqqoslash uchun, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 6,2 foiz edi. Yil davomida eng yuqori o‘sish Surxondaryo viloyatida kuzatilgan.
2025-yil O‘zbekistonda uy-joy narxlari qanday o‘zgardi?

Foto: Gazeta.uz

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2025-yil yakunlari bo‘yicha uy-joy va ijara bozorini tahlil qildi

Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda 295 mingta uy-joy oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan. 

Bu 2024-yilga nisbatan 38,5 mingtaga yoki 15 foizga ko‘p. Mazkur shartnomalarning 30 foizi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan. 

Shartnomalar soni bo‘yicha eng yuqori o‘sish Buxoro (25,7%), Sirdaryo (23,3%) va Samarqand (19,7%) viloyatlarida qayd etilgan.

Ikkilamchi bozor

2025-yilda O‘zbekistonda ikkilamchi bozordagi uy-joy narxlari 8 foizga ko‘tarilgan. Taqqoslash uchun, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 6,2 foiz edi. 

Manba: ITIM

Yil davomida eng yuqori o‘sish Surxondaryo viloyatida kuzatilgan. Andijondan tashqari barcha hududlarda yillik hisobda narx oshgan.

Toshkent shahri

Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy narxlari yillik hisobda 0,6 foizga ko‘tarilgan. 

Poytaxtda narxlarning eng sezilarli pasayishi Mirzo Ulug‘bek va Chilonzor tumanlarida kuzatilib, taxminan 5 foizni tashkil etgan. 

Birlamchi bozordagi uy-joy narxlari esa yillik hisobda 9 foizga oshgan. 

Bunda eng yuqori o‘sish poytaxtning Mirobod (18%), Yashnobod (14%) va Mirzo Ulug‘bek (13,5%) tumanlarida qayd etilgan.

Poytaxtda ijara bozori

Toshkent shahrida ijara narxlari yil davomida bir maromda oshib borgan. Tumanlar kesimida eng yuqori o‘sish Olmazor, Yashnobod va Shayxontohur tumanlarida kuzatilgan. Bunda ularning yillik o‘rtacha o‘sishi 11 foizni tashkil etgan.

#uy-joy#ijara

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar