2026-yil 26-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 gramm oltin quymasining sotish narxi 2 mln 7 ming so‘mni tashkil etmoqda.
E’tiborli jihati, oltin quyma narxlari ketma-ket to‘rtinchi kun rekord o‘rnatmoqda.
Qaytarib sotib olish narxi esa quyma qadog‘i butun bo‘lganda sotish narxidan 5 foizga pastroq. 22-yanvar kuni bu ko‘rsatkich 4 foiz edi.

26.01.2026 / Manba: Markaziy bank
Taqqoslash uchun, oltin narxi 20 kunda 13,3 foizga, o‘tgan yilning ayni shu kuniga nisbatan esa 68,5 foizga oshgan.
Oltin narxi jahon bozorida ham yangi rekordlarni o‘rnatmoqda. Xususan, 26-yanvar soat 9:50 holatiga ko‘ra, oltinning 1 troy unsiyasi 5064 dollarni tashkil etmoqda. Bu ham rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
