Qaysi banklarda so‘m omonati ko‘proq daromad keltiradi?

26.01.2026 05:46
O'zbekchaРусский
Bugungi kunda banklarda yuzga yaqin omonatlar mavjud. tanga.uz ularni tartiblagan holda bir joyga jamladi. Unda so‘mdagi joriy omonatlar va ularning ayrim shartlari keltirilgan. Shuningdek, ular haqida ma’lumot berilgan.
Qaysi banklarda so‘m omonati ko‘proq daromad keltiradi?

Foto: uznews

Bugungi kunda banklarda yuzdan ortiq omonatlar mavjud.

Ular asosan shartlari, muddati hamda yillik foiz stavkalari bilan farqlanadi.

Shu bois tanga.uz ularni o‘xshash jihatlariga ko‘ra tartiblab, bir joyga jamladi.

Kapitalizatsiyali omonatlar

Ushbu omonat turida har oy qo‘shiladigan foizlar asosiy summaga qo‘shilib boradi. Shu sababli daromad ko‘proq bo‘ladi. 

Masalan, yillik 20 foiz stavka bilan bir yilga 100 mln so‘m omonat qo‘yilsa, foyda yakunda 21,9 mln so‘m bo‘ladi.

Agar mazkur omonat kapitalizatsiyasiz bo‘lganda foyda 20 mln so‘m bo‘lardi.

BRB — BRB +

  • Yillik foiz stavkasi — 21% 
  • Minimal badal — 500 ming so'm
  • Omonat muddati — 13 oy
  • To'ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin
  • Foizlarni to'lash — oylik
  • Batafsil

Turonbank — Kapital

  • Yillik foiz stavkasi — 21% 
  • Minimal badal — 500 ming so'm
  • Omonat muddati — 18 oy
  • To'ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin emas
  • Foizlarni to'lash — muddat oxirida
  • Batafsil

Belgilangan muddatli omonatlar

Mazkur omonat turi pulini jamg‘arishni istovchilar uchun qo‘l keladi.

Sababi foizlar har oy emas, belgilangan muddatning yakunida asosiy summaga qo‘shib beriladi.

SQB — Konstruktor

  • Yillik foiz stavkasi — 21% 
  • Minimal badal — 1 mln so'm
  • Omonat muddati — 24 oy
  • To'ldirish — mumkin emas
  • Qisman yechib olish — mumkin emas
  • Foizlarni to'lash — 3 oyda
  • Batafsil

Asia Alliance Bank — Konstruktor

  • Yillik foiz stavkasi — 21% 
  • Minimal badal — 500 ming so'm
  • Omonat muddati — 24 oy
  • To'ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin
  • Batafsil

Oylik omonatlar

Ushbu omonat pulini uzoq muddat jamg‘arishni emas, undan foizlar olib turishni istovchilar uchun qo‘l keladi. 

Chunki bu omonatda foizlar bo‘yicha to‘lovlarni har oy olib turish mumkin.

Apex Bank — Daromad Everesti

  • Yillik foiz stavkasi — 23% 
  • Minimal badal — 10 mln so'm
  • Omonat muddati — 25 oy
  • To'ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin
  • Batafsil

Apex — Premium +

  • Yillik foiz stavkasi — 23% 
  • Minimal badal — 50 mln so'm
  • Omonat muddati — 25 oy
  • To'ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin
  • Batafsil

Universalbank — Foyda 22

  • Yillik foiz stavkasi — 22% 
  • Minimal badal — 100 ming so'm
  • Omonat muddati — 36 oy
  • To'ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin emas
  • Batafsil

Anorbank — Barqaror

  • Yillik foiz stavkasi — 22% 
  • Minimal badal — 1 mln so'm
  • Omonat muddati — 24 oy
  • To'ldirish — mumkin emas
  • Qisman yechib olish — mumkin emas
  • Batafsil

Agrobank — Sandiq

  • Yillik foiz stavkasi — 21% 
  • Minimal badal — 100 ming so'm
  • Omonat muddati — 18 oy
  • To'ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin
  • Batafsil

O'zmilliybank — Jozibali

  • Yillik foiz stavkasi — 21% 
  • Minimal badal — 500 ming so'm
  • Omonat muddati — 6 oy
  • To'ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin emas
  • Batafsil

Agrobank — Progress

  • Yillik foiz stavkasi — 21% 
  • Minimal badal — 500 ming so'm
  • Omonat muddati — 13 oy
  • To'ldirish — mumkin emas
  • Qisman yechib olish — mumkin emas
  • Batafsil

Agrobank — Komfort

  • Yillik foiz stavkasi — 21% 
  • Minimal badal — 500 ming so'm
  • Omonat muddati — 13 oy
  • To'ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin
  • Batafsil

SQB — Barakali

  • Yillik foiz stavkasi — 21% 
  • Minimal badal — 1 mln so'm
  • Omonat muddati — 24 oy
  • To'ldirish — mumkin emas
  • Qisman yechib olish — mumkin emas
  • Foizlarni to'lash — oylik
  • Batafsil

Turonbank — Premium

  • Yillik foiz stavkasi — 21% 
  • Minimal badal — 300 mln so'm
  • Omonat muddati — 24 oy
  • To'ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin
  • Batafsil

Turonbank — Maksimum

  • Yillik foiz stavkasi — 21% 
  • Minimal badal — 100 ming so'm
  • Omonat muddati — 18 oy
  • To'ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin
  • Batafsil

Turonbank — Ustuvor

  • Yillik foiz stavkasi — 21% 
  • Minimal badal — 1 mln so'm
  • Omonat muddati — 18 oy
  • To'ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin emas
  • Batafsil

Turonbank — Imkoniyat +

  • Yillik foiz stavkasi — 21% 
  • Minimal badal — istalgan summa
  • Omonat muddati — 12 oy
  • To'ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin emas
  • Batafsil

Ipoteka-bank — Daromax

  • Yillik foiz stavkasi — 21% 
  • Minimal badal — 500 ming so'm
  • Omonat muddati — 24 oy
  • To'ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin emas
  • Batafsil

Davrbank — Sharqona 2

  • Yillik foiz stavkasi — 21% 
  • Minimal badal — 100 ming so'm
  • Omonat muddati — 60 oygacha
  • To'ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin
  • Batafsil

Trastbank — Standart

  • Yillik foiz stavkasi — 21% 
  • Minimal badal — 500 ming so'm
  • Omonat muddati — 24 oy
  • To'ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin
  • Batafsil

Universalbank — Foyda 21

  • Yillik foiz stavkasi — 21% 
  • Minimal badal — 100 ming so'm
  • Omonat muddati — 18 oy
  • To'ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin emas
  • Batafsil

Apex Bank — Ishonchli yuksalish

  • Yillik foiz stavkasi — 21% 
  • Minimal badal — 500 ming so'm
  • Omonat muddati — 25 oy
  • To'ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin
  • Batafsil

SQB — Green Deposit

  • Yillik foiz stavkasi — 21% 
  • Minimal badal — 100 ming so'm
  • Omonat muddati — 13 oy
  • To'ldirish — mumkin emas
  • Qisman yechib olish — mumkin emas
  • Batafsil

Kunlik omonatlar

Ushbu omonat turi oylik omonatlardan biroz farqlanadi. Chunki bunda foizlar bo‘yicha to‘lovlar yig‘ilib boradi. 

Omonatchi xohlagan vaqtda, ba’zi hollarda esa har kuni to‘lovlarni olishi mumkin.

Apex Bank — Elbrus

  • Yillik foiz stavkasi — 22% 
  • Minimal badal — 500 ming so'm
  • Omonat muddati — 25 oy
  • To'ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin
  • Foizlarni to'lash — istalgan vaqt
  • Batafsil

BRB — Kunlik Daromad

  • Yillik foiz stavkasi — 21% 
  • Minimal badal — 100 ming so'm
  • Omonat muddati — 13 oy
  • To'ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin
  • Foizlarni to'lash — istalgan vaqt
  • Batafsil

BRB — Konstruktor

  • Yillik foiz stavkasi — 21% 
  • Minimal badal — 100 ming so'm
  • Omonat muddati — 24 oy
  • To'ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin
  • Foizlarni to'lash — istalgan vaqt
  • Batafsil

Anorbank — Milliy har kunlik

  • Yillik foiz stavkasi — 21% 
  • Minimal badal — 1 mln so'm
  • Omonat muddati — 24 oy
  • To'ldirish — mumkin
  • Qisman yechib olish — mumkin
  • Foizlarni to'lash — kunlik
  • Batafsil

Moslashuvchan omonat

TBC Bank va Uzum Bank o‘zining mobil ilovasi orqali moslashuvchan omonatni taklif etmoqda. 

Mazkur omonatda pul kiritish, uni yechib olish, omonat miqdori va shu kabilar foydalanuvchi tomonidan tanlanadi.

Bank shundan kelib chiqib yillik stavka belgilaydi. Bunda Uzum Bankda eng yuqori stavka 24 foizni tashkil etadi.

Eslatma

Yuqorida keltirilgan omonatlarning yillik stavkalari banklarning mobil ilovalari uchun amal qiladi. 

Bank xizmatlari markaziga borib omonat ochilganda esa yillik stavka 1 foizga farq qilishi mumkin. Aksariyati esa deyarli farq qilmaydi. 

Shu sababli keltirilgan havolalardagi omonat shartlarini to‘liq o‘rganib chiqish tavsiya etiladi.

#omonat

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar