2025-yilda banklarning depozit qoldig‘i qariyb 110 trln so‘mga ko‘paydi — tahlil

26.01.2026 11:26
O'zbekchaРусский
2025-yilda tijorat banklarining depozit qoldig‘i 108,6 trln so‘mga ko‘payib, 417,3 trln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘sishning 70,6 trln so‘mi yuridik shaxslar, 38 trln so‘mi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.
2025-yilda banklarning depozit qoldig‘i qariyb 110 trln so‘mga ko‘paydi — tahlil

Foto: marketwatch.com

Markaziy bank 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, banklarning depozit qoldig‘i haqida ma’lumot berdi

2025-yilda tijorat banklarining depozit qoldig‘i 108,6 trln so‘mga ko‘payib, 417,3 trln so‘mni tashkil etdi. 

Manba: Markaziy bank

Bu o‘sishning 70,6 trln so‘mi yuridik shaxslar, 38 trln so‘mi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi. 

Natijada, 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, yuridik shaxslarning depozit qoldig‘i 256,8 trln so‘mni, jismoniy shaxslarniki esa 160,4 trln so‘mni tashkil etdi.

Davlat banklari

2026-yilda davlat banklarining depozit qoldig‘i 58,2 trln so‘mga ko‘payib, 212,7 trln so‘mga yetdi. 

Bu o‘sishning 36,8 trln so‘mi yuridik shaxslar, 21,4 trln so‘mi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi. 

Barcha davlat banklarining depozit qoldig‘i 2025-yilda o‘sdi. Foiz hisobida eng yuqori o‘sish SQB va Agrobank’da (62%) kuzatildi. 

Bu ko‘rsatkich AloqaBank va Xalq Bankida 12 foizni tashkil etdi. Ularning davlat banklari orasida depozit qoldig‘i eng kam o‘sgan.

Boshqa banklar

2026-yilda boshqa banklarning depozit qoldig‘i 50,4 trln so‘mga oshib, 204,6 trln so‘mga yetdi. 

Bu o‘sishning 33,8 trln so‘mi yuridik shaxslar, 16,6 trln so‘mi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi. 

2025-yilda Tenge Bank (-719 mlrd so‘m), Ziraat Bank (-503 mlrd so‘m) va Soderot bank (-5 mlrd so‘m) bundan mustasno, qolgan barcha banklarning omonat qoldig‘i ko‘paydi. 

Openbank omonat qoldig‘ida esa o‘zgarish kuzatilmadi.

#tijorat_banklari#depozit

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar