Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

28.01.2026 06:10
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Eslatib o‘tamiz, asosiy stavka 2025-yil 20-mart sanasida 0,5 foiz bandga ko‘tarilib, 14 foiz darajasiga yetkazilgan edi. Undan keyingi davrda bu o‘zgarishsiz qolmoqda.
Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Foto: Daryo

Markaziy bank boshqaruvining 28-yanvardagi yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra, asosiy stavka yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi. 

2025-yilda iqtisodiy faollik kutilganidan yuqori darajada shakllandi. Buning asosiy sababi barqaror yalpi talab omillari bo‘ldi. 

Nazorat organi ta’kidlashicha, inflyatsiya pasayish tendensiyasini davom ettirmoqda, tovarlar narxlari o‘sishi sekinlashmoqda, biroq xizmatlar inflyatsiyasi va ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sishi barqaror pasayishga xavf tug‘dirmoqda. 

Shu bois pul-kredit siyosati qat’iy darajada saqlanib qolayotgani aytildi. 2025-yil dekabr oyida umumiy inflyatsiya 7,3 foizgacha, bazaviy inflyatsiya esa 5,7 foizgacha pasaydi. 

Kelgusi yil yakunlariga ko‘ra inflyatsiya 6,5 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, asosiy stavka 2025-yil 20-mart sanasida 0,5 foiz bandga ko‘tarilib, 14 foiz darajasiga yetkazilgan edi. 

Shundan buyon bu ko‘rsatkich o‘zgarishsiz qolmoqda. Asosiy stavkani navbatdagi ko‘rib chiqish 2026-yil 18-mart kuniga belgilangan.

#markaziy_bank#asosiy_stavka

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar