Mahalliy sanoat korxonalarining reklama xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi

29.01.2026 04:20
O'zbekchaРусский
Mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni mamlakat hududida reklama qilish bilan bog‘liq xarajatlar davlat tomonidan qoplab beriladi. Mazkur mexanizm 2026-yil 1-yanvardan kuchga kirgan.
Mahalliy sanoat korxonalarining reklama xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi

Foto; freepik.com

Mahalliy sanoat korxonalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi mexanizm joriy etildi. Bu mexanizm 1-yanvardan kuchga kirgan.

Yangi tartibga ko‘ra, mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni mamlakat hududida reklama qilish bilan bog‘liq xarajatlar davlat tomonidan qoplab beriladi.

Davlat tomonidan qoplanadigan reklama turlariga televizion, radio, gazeta va jurnallar, internet va ijtimoiy tarmoqlar, tashqi reklama vositalari, shuningdek, xorijiy internet platformalari, onlayn savdo maydonlari va mobil ilovalardagi reklama joylashtirishlar kiradi. 

Reklama xarajatlarining 50 foizidan 100 foizigacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi. Bunda bir yil davomida ajratiladigan mablag‘ miqdori 250 million so‘mdan oshmasligi kerak.

Ushbu mablag‘lar Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan ajratiladi. Kompensatsiya olish uchun korxonalar qator talablarga javob berishi lozim.

Xususan, barqarorlik reytingi AAA dan B darajagacha bo‘lishi, oxirgi 12 oyda kamida 2 mlrd so‘mlik savdo hajmiga ega bo‘lishi hamda davlat budjeti oldida 100 ming so‘mdan ortiq qarzi bo‘lmasligi kerak. 

Reklama xarajatlarini qoplash Savdo-sanoat palatasining xulosasi asosida amalga oshiriladi. Arizalar subsidiya.epauzb.uz elektron platformasi orqali topshiriladi.

Qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, Savdo-sanoat palatasining 78-150-60-06 ishonch telefoni raqamiga murojaat qilish mumkin.

#sanoat_korxonalari#savdo_sanoat_palatasi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar