Markaziy bank valyuta birjasiga tayanib, 30-yanvar kuni uchun dollar kursini 12 199 so‘m etib belgiladi.
Bunda rasmiy kurs ketma-ket to‘rtinchi kun ko‘tarilib, shu muddat ichida 114 so‘mga qimmatladi.

30.01.2026 Manba: Markaziy bank
2026-yilda dollar kursi qanday bo‘ladi?
Valyuta kursi kelgusida qayday bo‘lishini aniq prognoz qilish deyarli imkonsizdir.
Misol uchun, S&P Global reyting agentligi 2025-yil O‘zbekistonda dollar kursi 13 566 so‘mgacha ko‘tarilishini prognoz qilgan edi.
Amalda esa rasmiy kurs yil oxiriga kelib 12 000 so‘m atrofida shakllandi.
Shunday bo‘lsa-da, ayrim muassasalar o‘z prognozlarini e’lon qilishdi. Xususan, 2026-yilgi davlat budjetida dollar kursining o‘rtacha 12 350 so‘m darajasida bo‘lishi kutilmoqda.
S&P agentligining yangilangan prognozlariga ko‘ra, 2026-yil yakuniga kelib mamlakatda dollar kursi 12 592 so‘mni tashkil etishi mumkin.
