O‘zbekistonlik Datatruck startapi 12 mln dollar sarmoya jalb qildi

30.01.2026 04:56
Datatruck startapi Avenue Growth Partners fondidan 12 mln dollar sarmoya jalb etdi. Startap jalb qilingan mablag‘ni sun’iy intellekt imkoniyatlarini takomillashtirish va Shimoliy Amerika yuk tashish tarmog‘iga kirib borish uchun sarflashni rejalashtirmoqda.
O‘zbekistonlik Datatruck startapi 12 mln dollar sarmoya jalb qildi

Foto: AloqaVentures

Datatruck startapi Avenue Growth Partners fondidan 12 mln dollar sarmoya jalb etdi. Mazkur sarmoya startapning Series A raundida amalga oshirildi. 

Series A — startap mahsuloti bozorga chiqib, mijozlar bazasi shakllangan va faol o‘sish bosqichiga o‘tish davridir. 

Startap jalb qilingan mablag‘ni sun’iy intellekt imkoniyatlarini takomillashtirish va Shimoliy Amerika yuk tashish tarmog‘iga kirib borish uchun sarflashni rejalashtirmoqda.

Startap haqida

Datatruck — transport texnologiyalari sohasidagi startap bo‘lib, kichik va o‘rta yuk tashish kompaniyalari uchun operatsiyalarni avtomatlashtirish va soddalashtirishga ixtisoslashgan. 

U 2022-yilda Shohruh Rahmonov hamda uning sheriklari Mamur Qodirov, Aziz Ergashev va Ulug‘bek Ergashevlar tomonidan tashkil etilgan

Startapning ko‘rsatkichlariga e’tibor qaratsak, 2024-yilda Datatruck orqali 1,7 mlrd dollardan ortiq qiymatdagi yuklar tashilgan. 

Startap 2025-yilning mart oyida AloqaVentures fondidan 300 ming dollar, IT Park Ventures fondidan esa 650 ming dollar miqdorida sarmoya jalb etgan.

#datatruck#startap

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar