O‘zbekistonlik ayollar Air Arabia aviakompaniyasiga ishga taklif etilmoqda

30.01.2026 05:58
O'zbekchaРусский
O‘zbekistonlik ayollar Saudiya Arabistonidagi Air Arabia aviakompaniyasiga ishga taklif etilmoqda. Ish turi aviakompaniyada bort kuzatuvchisi hisoblanadi. Asosiy oylik maosh 1000 dollardan yuqori etib belgilangan.
O‘zbekistonlik ayollar Air Arabia aviakompaniyasiga ishga taklif etilmoqda

Foto: Air Arabia

O‘zbekistonlik ayollar Saudiya Arabistonidagi Air Arabia aviakompaniyasiga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi

Ish turi aviakompaniyada bort kuzatuvchisi hisoblanadi. Asosiy oylik maosh 1000 dollardan yuqori etib belgilangan. 

Ushbu oylik maosh parvoz soatlari, dam olish kunlari va boshqa omillar hisobiga oshib boradi. 

Xodimga turar-joy kompaniya tomonidan ta’minlanadi. Shuningdek, transport xarajatlari, aviachipta hamda tibbiy sug‘urta ham kompaniya hisobidan qoplanadi.

Talablar

Nomzod 20-29 yosh oralig‘idagi ayol bo‘lishi lozim. Tajribali nomzodlar uchun yosh chegarasi 33 yoshgacha bo‘lishi mumkin. 

Nomzodning bo‘yi 160 sm dan past bo‘lmasligi, tananing ko‘rinadigan joylarida tatuirovka va dog‘lar bo‘lmasligi talab etiladi. 

Ingliz tilida og‘zaki va yozma ravishda erkin muloqot qila olishi zarur. Bundan tashqari, jismoniy va tibbiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi kerak.

Malaka

Nomzod oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. 

Turizm va aviatsiya sohasidagi ish tajribasi ustunlik beradi. Yangi bitiruvchilar ham ariza topshirishlari mumkin.

Ariza topshirish

Nomzodlarni saralash ish beruvchi bilan yuzma-yuz amalga oshiriladi. Suhbat 2026-yil 10-fevral kuni Toshkent shahrida o‘tkazilishi belgilangan. 

To‘liq manzil onlayn tanlovdan o‘tgan nomzodlarning shaxsiy profiliga yuboriladi. Arizani ushbu havola orqali topshirish mumkin. 

Migratsiya agentligi xabarida, mehnat shartnomasi bevosita ish beruvchi bilan tuzilishi ta’kidlangan. 

Ishga doir qo‘shimcha savollar bo‘lsa, 78-777-00-30 raqamiga murojaat qilish mumkin.

#xorijda_ish#migratsiya_agentligi#air_arabia

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar