Xitoy kompaniyasi Buxoroda chiqindi yoqish zavodi qurishga 140 mln dollar sarmoya kiritadi

02.02.2026 09:51
O'zbekchaРусский
2-fevral kuni Buxoro viloyatida chiqindi yoqish zavodi qurilishiga start berildi. Zavod Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi Guliston mahallasida barpo etiladi. Loyihaga 140 mln dollar sarmoya kiritilishi kutilmoqda.
Xitoy kompaniyasi Buxoroda chiqindi yoqish zavodi qurishga 140 mln dollar sarmoya kiritadi

Foto: Chiqindilarni boshqarish agentligi

2-fevral kuni Buxoro viloyatida chiqindi yoqish zavodi qurilishiga start berildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish agentligi ma’lum qildi

Zavod Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi Guliston mahallasida barpo etiladi. Loyiha Xitoyning Wangneng Environment kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. 

Foto: Chiqindilarni boshqarish agentligi

Bunda kompaniya loyihaga 140 mln dollar miqdorida sarmoya kiritmoqda. 

Zavod chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, zavod yiliga 547,5 ming tonna qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lishi aytilgan. 

Buning natijasida 230 mln kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda. 

Loyiha to‘liq ishga tushirilgach, qo‘shimcha 150 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ta’kidlangan.

Investor haqida

Wangneng Environment Xitoyda joylashgan kompaniya bo‘lib, chiqindilardan energiya olish va ularni qayta ishlash sohalarida faoliyat yuritadi

Kompaniya Tailand, Kambodja, Avstraliya va Singapurda 98 ta sho‘ba korxona hamda 5 ta xorijiy filialga ega. 

Wangneng yiliga 8,8 mln tonna chiqindini qayta ishlab, bu orqali taxminan 3,04 mlrd kilovatt-soat elektr energiyasi hosil qiladi. 

Shuningdek, oshxona chiqindilari, yog‘ va eskirgan shinalar ham qayta ishlanadi.

#buxoro#wangneng_environment

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar