O‘zbekistonlik quruvchilar Litvaga ishga taklif etilmoqda

03.02.2026 06:57
O'zbekchaРусский
O‘zbekistonlik quruvchilar Litvaga ishga taklif etilmoqda. Oylik maosh nomzodning malakasiga qarab 1 ming dollardan boshlanadi. Mehnat shartnomasi muddati bir yildan uch yilgacha belgilangan. Turar joy ish beruvchi tomonidan ta’minlanadi.
O‘zbekistonlik quruvchilar Litvaga ishga taklif etilmoqda

Foto: Pinterest

O‘zbekistonlik quruvchilar Litvaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligining axborot xizmati ma’lum qildi

Oylik maosh nomzodning malakasiga qarab 1 ming dollardan boshlanadi. Mehnat shartnomasi muddati bir yildan uch yilgacha belgilangan. 

Turar joy va rasmiy ish shartnomasi ish beruvchi tomonidan ta’minlanadi. Viza, avia chipta va ovqatlanish xarajatlari nomzod hisobidan bo‘ladi.

Talablar

Talablarga kelsak, nomzod 20-55 yosh oralig‘idagi erkak bo‘lishi lozim. 

Shuningdek, rus tilini muloqot darajasida bilishi hamda qurilish sohasida tajribaga ega bo‘lishi talab etiladi.

Ariza topshirish

Nomzodlarni saralash ish beruvchi bilan yuzma-yuz tarzda amalga oshiriladi. 

Mehnat shartnomasi bevosita ish beruvchi bilan tuzilishi ta’kidlangan. 

Ishga qiziqish bildirgan nomzodlar ushbu havola orqali ariza qoldirishi mumkin. 

Ishga doir qo‘shimcha savollar bo‘lsa, 78-555-86-86 raqamiga murojaat qilish mumkin.

#xorijda_ish#litva

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar