O‘zbekistonlik quruvchilar Litvaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligining axborot xizmati ma’lum qildi.
Oylik maosh nomzodning malakasiga qarab 1 ming dollardan boshlanadi. Mehnat shartnomasi muddati bir yildan uch yilgacha belgilangan.
Turar joy va rasmiy ish shartnomasi ish beruvchi tomonidan ta’minlanadi. Viza, avia chipta va ovqatlanish xarajatlari nomzod hisobidan bo‘ladi.
Talablar
Talablarga kelsak, nomzod 20-55 yosh oralig‘idagi erkak bo‘lishi lozim.
Shuningdek, rus tilini muloqot darajasida bilishi hamda qurilish sohasida tajribaga ega bo‘lishi talab etiladi.
Ariza topshirish
Nomzodlarni saralash ish beruvchi bilan yuzma-yuz tarzda amalga oshiriladi.
Mehnat shartnomasi bevosita ish beruvchi bilan tuzilishi ta’kidlangan.
Ishga qiziqish bildirgan nomzodlar ushbu havola orqali ariza qoldirishi mumkin.
Ishga doir qo‘shimcha savollar bo‘lsa, 78-555-86-86 raqamiga murojaat qilish mumkin.
