Claude va ChatGPT O‘zbekistonda to‘qqiz oyda 200 mlrd so‘mlik xizmat ko‘rsatdi

03.11.2026 12:00
O'zbekchaРусский
O‘zbekistonda elektron shaklda xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida 1 trln 942 mlrd so‘mlik xizmat ko‘rsatib, 233 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Ushbu davrda Anthropic 116 mlrd so‘mlik, OpenAI esa 83 mlrd so‘mlik xizmat ko‘rsatgan.
Claude va ChatGPT O‘zbekistonda to‘qqiz oyda 200 mlrd so‘mlik xizmat ko‘rsatdi

Foto: Pinterest

Soliq qo‘mitasi O‘zbekistonda elektron shaklda xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalarning faoliyati bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida ular mamlakatda 1 trln 942 mlrd so‘mlik xizmat ko‘rsatib, 233 mlrd so‘m soliq to‘lagan.

Manba: Soliq qo‘mitasi

Xizmatlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 894 mlrd so‘mga yoki 85 foizga oshgan.

To‘langan soliqlar miqdori esa o‘tgan yili 125 mlrd so‘m bo‘lgan bo‘lsa, joriy davrda 233 mlrd so‘mga yetgan.

Eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniyalar orasida Apple 54 mlrd so‘m bilan birinchi, Google 53 mlrd so‘m bilan ikkinchi, Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlariga egalik qiluvchi Meta 47 mlrd so‘m bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Keyingi o‘rinlardan Steam o‘yin platformasi egasi Valve (23 mlrd so‘m), Claude ishlab chiquvchisi Anthropic (14 mlrd so‘m) hamda ChatGPT ishlab chiquvchisi OpenAI (10 mlrd so‘m) joy olgan.

TikTok O‘zbekistonda bloklangan bo‘lishiga qaramay, ushbu davrda 20 mlrd so‘mlik xizmat ko‘rsatib, 2,4 mlrd so‘m soliq to‘lagan.

Claude xizmatini ishlab chiquvchi Anthropic kompaniyasi to‘qqiz oyda 116 mlrd so‘mlik, OpenAI esa 83 mlrd so‘mlik xizmat ko‘rsatgan.

Yarim yillik natijalar bilan taqqoslaganda, ushbu davrda eng yirik soliq to‘lovchi kompaniyalar reytingidagi o‘rinlar o‘zgarmagan.

#cloude#xorijiy_kompaniyalar

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan