8-fevral kuni O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad Al Jasser o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida rasmiylar bir qator bitimlarni imzoladilar. Unga ko‘ra, bank O‘zbekistonga 160 mln dollar miqdorida kredit ajratadi.
Jalb etiladigan mablag‘ning 70 mln dollari mamlakatning avtomobil yo‘llarini yaxshilashga sarflanadi.
Jumladan, Jizzax viloyatidagi Dashtobod-Zomin va Baxmal-G‘allaorol yo‘llarining 143 kilometrlik qismini ta’mirlash rejalashtirilgan.
Shuningdek, viloyatdagi 30 ta mahalliy va qishloq avtomobil yo‘llarini ham ta’mirlash ko‘zda tutilgan.
Jalb etilayotgan mablag‘ning qolgan qismi, ya’ni 94 mln dollari O‘zbekistonda ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Xususan, respublika bo‘ylab 58 ta yangi ta’lim muassasasi qurilishi va jihozlanishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, mavjud maktablarga 2431 ta sinf xonasi qo‘shiladi.
Loyiha doirasida har yili 36 mingdan ortiq o‘qituvchi va xodimlarning malakasini oshirish ham ko‘zda tutilgan.
Avvalroq, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonga 195,5 mln dollar miqdorida kredit ajratayotgani haqida xabar bergandik.
