Orthomol reklamasidagi qonunbuzarlik uchun jarima qo‘llanildi

10.02.2026 06:40
Raqobat qo‘mitasi Jo‘rabek xususiy korxonasiga jarima soldi. Jarimaga korxonaning Orthomol biologik faol qo‘shimchasining reklamasi sabab bo‘ldi. Aniqlanishicha, mazkur reklamada mahsulot haqida to‘liq va qonuniy ma’lumot berilmagan.
Orthomol reklamasidagi qonunbuzarlik uchun jarima qo‘llanildi

Foto: Yekaterina Sichkova / ura.ru

Raqobat qo‘mitasi Jo‘rabek xususiy korxonasiga jarima soldi. Bu haqda qo‘mitaning matbuot xizmati ma’lum qildi

Jarimaga korxonaning Orthomol biologik faol qo‘shimchasining reklamasi sabab bo‘ldi. 

Aniqlanishicha, mazkur reklamada mahsulot haqida to‘liq va qonuniy ma’lumot berilmagan. 

Amaldagi reklama qonunchiligida biologik faol qo‘shimchalar reklamasiga oid talablar belgilangan. 

Unga ko‘ra, bunday reklamalar davolash xususiyatlariga ega, degan taassurotni uyg‘otmasligi kerak. 

Shuningdek, ularni qo‘llash natijasida odamlar davolanganligi ham reklamada aks etmasligi lozim. 

Bundan tashqari, ular dori vositasi emasligi to‘g‘risidagi ogohlantirish bilan birga taqdim etilishi talab etiladi. 

Qo‘mita yuqoridagilarni inobatga olib, korxonaga moliyaviy jarima soldi. 

Shu bilan birga, aniqlangan qonunbuzarlik holatlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. 

Avvalroq, yuqoridagi kabi jarima Ajr Qora-Sedana biologik faol qo‘shimchasini ishlab chiqaruvchi kompaniyaga nisbatan ham qo‘llanilgan edi.

#orthomol#Raqobat_qo'mitasi#reklama

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar