10-fevral kuni Gollandiya Taraqqiyot Banki bilan Hamkorbank o‘rtasida bitim imzolandi.
Bitimga ko‘ra, Gollandiya Taraqqiyot Banki O‘zbekistondagi Hamkorbank’ka 100 mln dollar miqdorida kredit liniyasi ajratadi.
Jalb etilgan mablag‘ning 80 foizi kichik va o‘rta biznesni, ayniqsa ayollar va yosh tadbirkorlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Qolgan 20 foizi esa yashil iqtisodiyotni moliyalashtirishga sarflanishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Hamkorbank aksiyalarining 14,6 foizi Gollandiya Taraqqiyot Bankiga tegishli hisoblanadi.

Manba: stat.uz
Bankning eng katta ulushiga, aniqrog‘i 59,2 foiziga Ikram Ibragimov egalik qilishi ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Hamkorbank 2025-yilda 1,7 trln so‘m sof foyda oldi.
