Yanvar oyida yettita bank jarimaga tortildi

16.02.2026 05:01
O'zbekchaРусский
Yanvar oyida 7 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi. Ma’lum qilinishicha, jarimalar korporativ bank kartalariga xizmat ko‘rsatish jarayonida qonun talablari buzilgani sababli belgilangan.
Yanvar oyida yettita bank jarimaga tortildi

Foto: Daryo.uz

Markaziy bank yanvar oyidagi yig‘ilishlarda 27 ta masalani ko‘rib chiqqanini ma’lum qildi

Ular kredit tashkilotlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatiga taalluqli bo'lgan. Shu oyda 7 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanilgan.

Ma’lum qilinishicha, jarimalar korporativ bank kartalariga xizmat ko‘rsatish jarayonida qonun talablari buzilgani sababli belgilangan.

Bundan tashqari, o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklar ham jarimaga asos bo‘lgan. Jarimaga tortilgan bank nomlari esa oshkor etilmagan. 

Shu bilan birga, yanvar oyida 1 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan ham jarima sanksiyalari qo‘llanilgan. 

Bundan tashqari, 4 ta to‘lov tashkilotiga ogohlantirish berilgan. 

Ushbu oyda bitta to‘lov tashkiloti hamda ikkita mikromoliya tashkiloti o‘z arizalariga ko‘ra litsenziyalari bekor qilindi. 

Bular "IT Unisoft Group" AJ to‘lov tashkiloti hamda "Baraka Biznes Hamkor" MChJ va "Effective Money" mikromoliya tashkilotlaridir. 

Avvalroq, IT Unisoft Group faoliyati haqida batafsil ma’lumot bergandik.

#banklar#jarimalar

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar