16-fevral kuni Chevrolet Damas modelining ikkita versiyasi sotuvi boshlandi. Shartnomalar faqat UzAuto Motors kompaniyasining rasmiy dilerlik markazlari orqali tuziladi.
Sotuvga chiqarilgan Damas Max versiyasi yuk tashishga, Damas Move esa yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan.
Damas Move haqida
Ushbu model yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, yetti kishini sig‘dira oladi.

Foto: UzAuto Motors
Dvigatellar 1,2 va 1,5 litrli bo‘lib, birinchisi 81 ot kuchiga, ikkinchisi esa 103 ot kuchiga ega.
Avtomobil masofadan boshqariladigan kalit bilan jihozlangan.

Foto: UzAuto Motors
Salonda haydovchi va old yo‘lovchi uchun xavfsizlik yostiqchalari o‘rnatilgan.
.jpg)
Foto: UzAuto Motors
Markaziy qulflash tizimi ham mavjud. Ikki zonali konditsioner bilan ta’minlangan. O‘rindiqlarni to‘rt yo‘nalishda sozlash imkoniyati bor.
Shuningdek, salonda stakan qo‘yish joylari hamda 2 ta dinamik o‘rnatilgan.

Foto: UzAuto Motors
Bagaj bo‘limi uchinchi o‘rindiq qatoridan keyin joylashgan bo‘lib, hajmi 496 litrni tashkil etadi.
Ushbu versiya uchun belgilangan chakana narxlar quyidagicha:
- Move PAS 1.2 LV0 — 139,7 mln so‘m
- Move PAS 1.2 LV1 — 144,6 mln so‘m
- Move PAS 1.5 LV0 — 149 mln so‘m
- Move PAS 1.5 LV1 — 154,1 mln so‘m
Damas Max haqida
Ushbu versiya yuk tashishga mo‘ljallangan. Yuk ko‘tarish qobiliyati 650 kilogrammni, yukxona hajmi esa 3 kvadrat metrni tashkil etadi.
.jpg)
Foto: UzAuto Motors
Dvigatellar xuddi Move versiyasidagidek ikki xil, ya’ni 1,2 litrli 81 ot kuchli va 1,5 litrli 103 ot kuchli bo‘ladi.
Salonda haydovchi va old yo‘lovchi uchun xavfsizlik yostiqchalari o‘rnatilgan.
Markaziy qulflash tizimi va masofadan boshqariladigan kalit ham mavjud.

Foto: UzAuto Motors
Avtomobil bir zonali konditsioner bilan jihozlangan. Rul boshqaruvida elektron kuchaytirgich o‘rnatilgan.
O‘rindiqlarni to‘rt yo‘nalishda sozlash mumkin. Qulaylik uchun stakan qo‘yish joylari hamda 2 ta dinamik mavjud.
Ushbu versiya uchun belgilangan chakana narxlar quyidagicha:
- Max VAN 1.2 LV0 — 134,4 mln so‘m
- Max VAN 1.5 LV0 — 142,5 mln so‘m
Avvalroq, yangilangan Chevrolet Cobalt modelining xususiyatlari haqida ma’lumot bergandik.
