2025-yilning 3-noyabr sanasidan boshlab Chevrolet dilerlik markazlarida Cobalt modelining yangi ikkita versiyasi hamda mavjud ikkita versiyasi sotuvga chiqariladi.
Chevrolet Cobalt avtomobilining yangi turlari xaridorlarga Cobalt Style MCM va Cobalt Midnight MCM versiyalarida taqdim etiladi.
Yangi versiyalardagi o'zgarishlar
UzAuto Motors kompaniyasining ma’lum qilishicha, yangi versiyalarga ilgari mavjud bo‘lmagan funksiyalar qo‘shilgan.
.jpg)
Foto: UzAuto Motors
Jumladan, yangi dvigatel boshqaruv bloki o‘rnatilgan, gaz taqsimlash va elektron boshqaruv tizimlari takomillashtirilgan.
.jpg)
Foto: UzAuto Motors
ABS tizimi, xavfsizlik yostiqchalari va himoya funksiyalari boshqaruv bloklari yangilangan. Diagnostika moduli sezilarli darajada takomillashtirilgan.
Umumiy hisobda yangi versiyadagi avtomobilning 50 dan ortiq muhim komponentlari yangilangan.
.jpg)
Foto: UzAuto Motors
Yangilangan har ikkala versiyada ham komponentlar bazasidagi o‘zgarishlardan tashqari, haydovchi va yo‘lovchilarning qulayligiga alohida e’tibor qaratilgan.
.jpg)
Foto: UzAuto Motors
Avtomobil kruiz-nazorat tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, bu tizim haydovchisiz belgilangan tezlikni ushlab turish imkonini beradi.
.jpg)
Foto: UzAuto Motors
Shuningdek, old o‘rindiqlarning isitish tizimi sovuq ob-havo sharoitida foydalanish qulayligini oshiradi.
Yangilanishlar qatorida sensorli multimedia tizimi ham mavjud bo‘lib, u Android Auto va Apple CarPlay tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
.jpg)
Foto: UzAuto Motors
Ushbu tizim avtomobil egalariga smartfonlarini oson ulash, navigatsiyadan foydalanish, musiqa tinglash hamda qo‘ng‘iroqlarni yo‘lda chalg‘imasdan boshqarish imkonini beradi.
Yangi asboblar paneli va multimedia hamda kruiz-nazorat boshqaruv tugmalariga ega rul haydovchiga qulaylik va xavfsizlikni ta’minlaydi.
.jpg)
Foto: UzAuto Motors
Midnight MCM avtomobil salonida ekocharmdan tayyorlangan, isitish tizimi bilan jihozlangan va yangi tikuv dizayniga ega o‘rindiqlar o‘rnatilgan.
Interyeri qora ranglarda ishlangan: ruldagi qo‘shimcha boshqaruv pultlari, pol qoplamasi, asboblar paneli, konsol qutisi, eshik qoplamalari va audio tizimning dekorativ qismlari yagona rang gammasida bezatilgan.
.jpg)
Foto: UzAuto Motors
Eksteryerda ham avtomobilning Midnight komplektatsiyasiga xosligini namoyon etuvchi aksentlar – qora rangga bo‘yalgan yon oynalar, qora quyma g‘ildirakli disklar va o‘ziga xos qoraytirilgan faralar mavjud.
Kompaniyaning ma’lum qilishicha, yangiliklar xaridorlarning xohish-istaklaridan kelib chiqqan holda joriy etilgan.
Narxlar?
UzAuto Motors kompaniyasi Cobalt’ning mavjud ikkita modeli uchun tavsiya etilgan chakana narxlarini quyidagicha belgilangan:
- Style AT Plus – 147,9 mln so‘m
- Midnight AT – 155,2 mln so‘m
Yangilangan Cobalt’ning ikkita versiyasi uchun belgilangan chakana narxlar esa quyidagicha:
- Style MCM – 156,1 mln so‘m
- Midnight MCM – 165,2 mln so‘m
Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida 86 ming 830 ta Cobalt avtomobili sotilgan.
