Sakkiz oyda qariyb 262 mingta avtomobil sotildi

22.09.2025 07:30
2025-yilning dastlabki sakkiz oyida 261 ming 211 ta avtomobil sotildi. Sotish bo‘yicha UzAuto Motors kompaniyasining ulushi 90 foizdan 49 foizgacha pasaydi. Eng ko‘p sotilayotgan modellar hamon Cobalt va Damas bo‘lib qolmoqda.
Sakkiz oyda qariyb 262 mingta avtomobil sotildi

Foto: UzAuto Motors

O‘zbekistonda yettita kompaniya avtomobil yig‘ish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

2025-yilning yanvar-avgust oylarida ushbu kompaniyalarda ishlab chiqarilgan avtomobillarning 261 ming 211 tasi sotildi

O‘tgan yilning yanvar-sentyabr oylarida bu ko‘rsatkich 303 ming 373 taga teng bo‘lgandi

Mamlakatda avtomobil sotish bo‘yicha UzAuto Motors kompaniyasi hamon yetakchilik qilmoqda. 

Foto: UzAuto

Biroq joriy yilda uning ulushi sezilarli darajada kamaydi. O‘tgan yili sotilgan avtomobillarning qariyb 90 foizi ushbu kompaniyadan chiqqandi. 

Keyingi eng yuqori ulush esa Khorezm Avto kompaniyasiga tegishlidir. Ma’lumot uchun, mazkur kompaniya UzAuto Motors kompaniyasining filiali hisoblanadi.

Modellar bo‘yicha

Avtomobillarning modellar bo‘yicha sotuvida Cobalt, Damas, Tracker, Labo hamda Onix hamon yetakchilik qilmoqda. 

Aynan Chevrolet modellarining shu beshligi eng ko‘p sotilgan. Qolgan modellarning sotuvi esa bularga nisbatan ancha past. 

Xususan, Malibu 720 ta, Lacetti 238 ta, Captiva 191 ta, Equinox esa 103 ta sotilgan. Premium klassdagi Tahoe esa atigi 17 dona sotilgan. 

Foto: UzAuto

2025-yilning yanvar-avgust oylarida sotilgan avtomobillarning 49 foizi Cobalt hamda Damas hisoblanadi.

Chevrolet modellaridan keyin eng ko‘p KIA hamda BYD modellari sotilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors kompaniyasi 2025-yilda Cobalt avtomobilining yangilangan versiyasini taqdim etadi.

#UzAuto_Motors#kia#bvd

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar