Yan Tavrovskiy Agrobank Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi bo‘ldi

16.02.2026 10:28
Yan Tavrovskiy Agrobank Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi etib uch yil muddatga tayinlandi. Yan Leonidovich Tavrovskiy bank-moliya sohasida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi.
Yan Tavrovskiy Agrobank Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi bo‘ldi

Foto: primeminister.kz

5-fevral kuni Yan Tavrovskiy Agrobank Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi etib uch yil muddatga tayinlandi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, tayinlov Markaziy bank tomonidan tasdiqlanishi kerak. 

Yan Leonidovich Tavrovskiy bank-moliya sohasida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi. 

Hozirda u JPMorgan Bank International prezidenti va direktorlar kengashi a’zosi sanaladi. 

Mazkur tashkilot AQShning yirik moliyaviy institutlaridan biri bo‘lib, JPMorgan Chase guruhiga kiradi. 

Reputatsiya ma’lumotlarida uning 20 yilga yaqin tajribaga ega tadbirkor ekanligi ham qayd etilgan.

Shuningdek, uchta kompaniyaga asos solgani ham aytilgan. 2022-yilda Tavrovskiyning umumiy daromadi salkam 15 mln dollarni tashkil etgan. 

Eslatib o‘tamiz, 17-yanvar kuni Agrobank aksiyadorlari Open Bank aksiyalarini sotib olish to‘g‘risida qaror chiqardi.

#agrobank#yan_tavrovskiy

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar