2025-yilda UzAuto Motors kompaniyasi 355 ming 379 ta avtomobil sotdi.
Bu esa 2024-yilga nisbatan sotuvlar 1649 taga kamayganini ko‘rsatadi.
Mazkur kamayish kompaniyaning qimmat avtomobillari hisobiga yuz bergan.

Manba: UzAuto
Xususan, Equinox sotuvi 20 barobarga, Captiva 3,3 barobarga, Tahoe 2,4 barobarga kamaygan.
Traverse sotuvlari ham 2 barobarga kamayib ketgan. Shuningdek, Malibu modeli sotuvi ham 234 taga kamayib, 1255 taga yetgan.
Tracker sotuvlarida esa aksincha o‘sish bo‘lgan. Bu modelning sotuvi 20 foizga oshib, 45 ming 429 taga yetgan.
Kompaniyaning nisbatan arzonroq avtomobillari sotuvi esa ko‘paygan.
Jumladan, Cobalt sotuvlari 1 foizga, Damas 3 foizga, Labo 48 foizga oshgan.
Biroq Onix sotuvlari 628 taga kamayib, 33 ming 16 taga tushib qolgan.
Lacetti modeliga kelsak, uni ishlab chiqarish to‘xtatilgani sababli 2025-yilda sotuvlar 77 barobarga kamayib ketgan.
Boshqa mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchilarning sotuvida o‘sish kuzatilmoqda.
Ular nisbatan qimmat avtomobillar ishlab chiqaradi. Shunday qilib, UzAuto Motors kompaniyasining qimmat avtomobillari sotuvi pasaymoqda.
Avvalroq, 2025-yil uchun mahalliy avtomobillar sotuvi to‘g‘risida batafsil ma’lumot bergandik.
