Ramazon oyida majburiy ovqat to‘plamlarini joriy etishga yo‘l qo‘yilmaydi — Raqobat qo‘mitasi

17.02.2026 06:22
Raqobat qo‘mitasi kafe va restoranlarni Ramazon oyi arafasida ogohlantirdi. Qo‘mita ulardan Ramazon oyida ovqatlar to‘plamini joriy etib, ularni majburiy qilmaslikni so‘ramoqda.
Ramazon oyida majburiy ovqat to‘plamlarini joriy etishga yo‘l qo‘yilmaydi — Raqobat qo‘mitasi

Foto: Yandex Maps

Raqobat qo‘mitasi kafe va restoranlarni Ramazon oyi arafasida ogohlantirdi

Qo‘mita ulardan Ramazon oyida ovqatlar to‘plamini joriy etib, ularni majburiy qilmaslikni so‘ramoqda.

Shuningdek, minimal narxlar belgilanib, boshqa tanlov imkoniyatini yo‘q qilmaslikka chaqirdi.

Bu holatlar mijozlarning erkin tanlov huquqini buzishi mumkin. 

Iste’molchi huquqlariga binoan, har bir iste’molchi xizmat va mahsulotni erkin tanlash huquqiga ega. Sotuvchi esa mijozni qo‘shimcha mahsulot yoki xizmat olishga majburlashga haqli emas. 

Raqobat qo‘mitasi umumiy ovqatlanish korxonalarini qonun talablariga rioya qilishga chaqirdi. 

Aks holda, belgilangan tartibda choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Avvalroq, qo‘mita savdo tarmoqlarini Ramazon oyida narxlarni asossiz ko‘tarmaslik bo‘yicha ogohlantirgan edi.

#Raqobat_qo'mitasi#ramazon_oyi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar