Uzum Bank ustav kapitalini 370 mlrd so‘mga oshirmoqda

18.02.2026 07:01
Uzum Bank Kuzatuv kengashi bankning ustav kapitalini oshirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu maqsadda nominal qiymati 1 ming so‘m bo‘lgan 370 mln dona aksiya chiqarildi. Jarayon yakuniga yetgach, bankning ustav kapitali 970 mlrd so‘mga yetadi.
Uzum Bank ustav kapitalini 370 mlrd so‘mga oshirmoqda

Foto: Uzum

16-fevral kuni Uzum Bank Kuzatuv kengashi bankning ustav kapitalini oshirish to‘g‘risida qaror qabul qildi

Bu maqsadda nominal qiymati 1 ming so‘m bo‘lgan 370 mln dona aksiya chiqarildi. 

Mazkur aksiyalar bankning yagona aksiyadori "UB Assets Holding" MChJga yopiq obuna yo‘li bilan joylashtiriladi. 

Jarayon yakuniga yetgach, bankning ustav kapitali 370 mlrd so‘mga ko‘payib, 970 mlrd so‘mga yetadi. 

Ma’lumot uchun, ustav kapitali bankning asosiy mablag‘i hisoblanadi. 

Bank kapitalining hajmi qanchalik katta bo‘lsa, mijozlar va investorlar uchun shunchalik ishonchli bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, TBC Bank ham ustav kapitalini 240 mlrd so‘mga oshirmoqda.

#uzum_bank#ustav_kapital

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar