O‘zbekistonda mikroqarz foizlari pasaydi: o‘rtacha stavka 30 foizga tushdi

18.02.2026 07:44
2026-yilning fevral oyiga kelib, banklardagi mikroqarz o‘rtacha stavkasi 30 foizgacha tushdi. Bu statistika e’lon qilinganidan buyon kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir. Mikroqarz ajratishda faol banklar foiz stavkalarida sezilarli pasayish kuzatilmadi.
O‘zbekistonda mikroqarz foizlari pasaydi: o‘rtacha stavka 30 foizga tushdi

Foto: Yevgeniy Sorochin / Gazeta

O‘zbekiston tijorat banklaridagi mikroqarzning o‘rtacha foiz stavkasi 5 foiz bandga pasaydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan. 

2025-yilning 2-iyul kuni banklardagi mikroqarz o‘rtacha stavkasi 34,9 foizni tashkil etgan. 

Banklar orasida eng yuqori stavkani 40 foiz bilan Apex Bank taklif qilgan. TBC Bank stavkasi esa 39,1 foizga teng bo‘lgan. 

2026-yilning fevral oyiga kelib, banklardagi mikroqarz o‘rtacha stavkasi 30 foizgacha tushdi

Bu statistika e’lon qilinganidan buyon kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir. 

Mikroqarz ajratishda faol banklar foiz stavkalarida sezilarli pasayish kuzatilmadi, aksincha ayrimlarida o‘sish qayd etildi.

Jumladan, Tenge Bank stavkasi 3,5 foiz bandga, ANORBANK stavkasi esa 2,9 foiz bandga ko‘tarildi. 

TBC Bank stavkasi esa bu vaqt oralig‘ida 0,1 foiz bandga kamaydi. Shuningdek, Apex Bank stavkasi 7 foiz bandga pasaydi.

#mikroqarz#banklar

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar