NexaGrid O‘zbekistonda mayning faoliyati uchun ilk litsenziyani oldi

23.02.2026 05:49
2026-yil 19-yanvar kuni Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “NexaGrid” MChJga kripto-aktivlar mayningi bilan shug‘ullanish huquqini berdi. Shu tariqa, NexaGrid O‘zbekistondagi mayning bozorining birinchi rasmiy ishtirokchisiga aylandi.
NexaGrid O‘zbekistonda mayning faoliyati uchun ilk litsenziyani oldi

Foto: Fintexh & Reteil

2026-yil 19-yanvar kuni Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “NexaGrid” MChJga kripto mayning bilan shug‘ullanish huquqini berdi

Shu tariqa, NexaGrid O‘zbekistondagi mayning bozorining birinchi rasmiy ishtirokchisiga aylandi. 

Kompaniyaning mayning faoliyatini yuritish manzili Buxoro viloyati Romitan tumanidagi Ko‘rg‘on mahallasida joylashgan. 

Ochiq ma'lumotlarga ko‘ra, kompaniya 2025-yil aprel oyida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, ustav kapitali 600 mln so‘mni tashkil qiladi. 

Ustav kapitalining 63 foizi To‘ymurod Sultonovga, qolgan qismi esa Mahmudjon Ro‘zimurodovga tegishlidir. 

Avvalroq, ILMA rahbarining o‘rinbosari Vyacheslav Pak mayning kompaniyalari uchun elektr energiyasiga imtiyozli tarif joriy etilishini ma’lum qilgandi.

#mayning#nexagrid#ilma

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar