KDB Bank Uzbekistan boshqaruv raisi o‘zgardi

24.02.2026 06:45
23-fevral kuni KDB Bank Uzbekistan Kuzatuv kengashining qarori bilan Li Yon Lok bank boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Kim Xan Sun bank boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
KDB Bank Uzbekistan boshqaruv raisi o‘zgardi

Foto: KDB Bank O'zbekiston

23-fevral kuni KDB Bank Uzbekistan Kuzatuv kengashining qarori bilan Li Yon Lok bank boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etildi

Uning o‘rniga Kim Xan Sun bank boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. 

Kim Xan Sun ushbu tayinlovga qadar bankda boshqaruvchi direktor lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kim Xan Sun 1979-yilda Koreya Respublikasida tug‘ilgan. 2006-yilda Sogan universitetini, 2018-yilda esa AQShdagi Berkli universitetida tamomlagan. 

Mehnat faoliyatini 2006-yilda KDB Bank’da boshlagan. 2025-yildan boshlab esa KDB Bank Uzbekistan boshqaruvchi direktor lavozimida ish boshlagan.

KDB Bank Uzbekistan O‘zbekistondagi eng yirik qo‘shma bank bo'lib, uning asosiy aksiyadori Janubiy Koreya Taraqqiyot banki hisobalnadi. 

  • Janubiy Koreya Taraqqiyot banki — 86,3%
  • O‘zmilliybank — 10,3%
  • Turonbank — 3,4%

2025-yil yakunlariga ko‘ra, bank jami aktivlari hajmi bo‘yicha O‘zbekiston banklari orasida 19-o‘rinni, sof foydasi miqdori bo‘yicha esa 9-o‘rinda joylashgan.

#kdb_bank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar