Markaziy bank “Olmos Finance” MChJ, “Oson Moliya” MChJ hamda “Prime Sarmoya” MChJni mikromoliya tashkilotlari reyestriga kiritdi.
Olmos Finance haqida
Ochiq manbalarga ko‘ra, "Olmos Finance" MChJ 2025-yilning noyabr oyida tashkil etilgan bo‘lib, ustav kapitali 2,1 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Ustav fondining 50 foizi Karimbayev Sherzod Kobilovichga, qolgan qismi esa Alimov Zoxid Zakirjonovichga tegishli ekani ko‘rsatilgan.
Bu ikki shaxs O‘zbekiston bank tizimining yuqori lavozimlarida ishlagan. Xususan, Karimbayev Kapitalbank boshqaruvi raisi bo'lgan.
2020-yilga kelib ANORBANK’ni tashkil etish jarayoni boshlangan. Karimbayev “ANORBANK’ka Markaziy bank tomonidan dastlabki ruxsatnoma berilishi jarayonida ham ishtirok etgan.
.jpg)
Foto: Markaziy bank
Keyinchalik, sentyabrga kelib ANORBANK’ning Kuzatuv kengashi shakllantirilgan va unga Karimbayev rais etib tayinlangan.
2025-yilning oktyabr oyiga kelib esa Karimbayev ANORBANK Kuzatuv kengashi a’zoligidan ozod etilgan.
Zoxid Alimovga kelsak, u 2023-yilda tashkil etilgan Hayot Bank boshqaruvi raisi bo‘lgan.

Zoxid Alimov / Foto: Hayot Bank
Ushbu bank tashkil etilganida uning 100 foizlik ulushi Botir Raximovga tegishli ekani ko‘rsatilgan.
Alimov ham Karimbayev singari Kapitalbank hamda ANORBANK boshqaruvining yuqori lavozimlarida ishlagan.
Jumladan, 2020–2022-yillarda ANORBANK boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
2006–2019-yillarda Kapitalbank tizimida, xususan, boshqaruv raisi maslahatchisi, amaliyot bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Ochiq ma’lumotlarda Shermuhammad Xo‘jamurodov "Olmos Finance" MChJ rahbari sifatida ko‘rsatilgan.
Bu shaxs O‘zbekistondagi birinchi mikromoliya banki — "Tayanch Mikromoliya Banki" AJning rahbari bo‘lgan.
Oson Moliya va Prime Sarmoya haqida
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, "Oson Moliya" MChJ 2025-yilning 22-noyabrida tashkil etilgan. "Prime Sarmoya" MChJ esa 2025-yilning 22-iyulida ro‘yxatdan o‘tgan.
Uning aksiyadori "Mindsetters" MChJ hisoblanadi. "Mindsetters" korxonasining esa 18,66 foiz aksiyasiga Gulbahor Bahromova egalik qilishi ko‘rsatilgan.
Shuningdek, Bahromovaning "Ipoteka-bank" ATIBda ham ulushi bor. Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida ikkita mikromoliya tashkilotining litsenziyasi o‘z arizalariga ko‘ra bekor qilindi.
