O‘zbektelekom kompaniyasi aksiyalari savdosi vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent fond birjasining axborot xizmati xabar berdi.
Birja xabariga ko‘ra, kompaniya ixtiyorida qolgan daromad hisobidan ustav fondini kapitallashtirish orqali kompaniyaning qo‘shimcha aksiyalarini chiqarish belgilangan.
Shu munosabat bilan, aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida kompaniya tashabbusi bilan aksiyalar savdosi 2026-yil 25-fevraldan boshlab vaqtinchalik to‘xtatilgani ma’lum bo‘ldi.
Birja xabarida savdolar qancha muddatga to‘xtatilgani aytilmagan.
Goinvest brokerlik platformasining xabar berishicha, kompaniya aksiyalari savdosi 25-fevraldan boshlab ikki oyga to‘xtatilgan.

Foto: Goinvest
Avvalroq SQB hamda Ipoteka-bank aksiyalari narxi g‘ayrioddiy o‘sgani sababli ularning savdolari vaqtincha to‘xtatib turilgan edi.
