AQSh O‘zbekiston fuqarosini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

25.02.2026 06:38
AQSh Moliya vazirligi Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini yangilab, unga to‘rt nafar jismoniy shaxs va uchta kompaniyani kiritdi. Ro‘yxatdan O‘zbekiston fuqarosi Azizjon Mamashoyev ham o‘rin olgan.
AQSh O‘zbekiston fuqarosini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

Foto: Shutterstock

AQSh Moliya vazirligi Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini yangilab, unga to‘rt nafar jismoniy shaxs va uchta kompaniyani kiritdi. 

Bu haqda vazirlikning Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) xabarida keltirilgan

Ro‘yxatdan Rossiya fuqarolari Sergey Zelenyuk, Oleg Kucherov va Marina Vasanovich, shuningdek, O‘zbekiston fuqarosi Azizjon Mamashoyev o‘rin olgan. 

Kompaniyalardan esa Advance Security Solutions, Special Technology Services hamda MATRIX kiririlgan. 

Advance Security Solutions kompaniyasi Birlashgan Arab Amirliklarida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, Azizjon Mamashoyevga tegishlidir. 

AQSh Davlat departamenti xabariga ko‘ra, Mamashoyev rossiyalik xakerlar Oleg Kucherov va Sergey Zelenyuk bilan birgalikda AQSh kiberxavfsizligiga qarshi qaratilgan amaliyotlarda qatnashgan. Uning dasturiy ta’minot zaifliklari savdosida ishtirok etgani ham aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 18-dekabr kuni Buyuk Britaniya ham amaldagi sanksiyalar ro‘yxatini yangilab, unga 21 ta subyektni qo‘shgan edi. 

Yangilangan ro‘yxatga O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan beshta kompaniya va bir nafar jismoniy shaxs ham kiritilgandi.

#AQSh#ofac#sanksiya#azizjon_mamashoyev

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar